09:11 / 04.12.2015
4865

Qozog‘istondagi 50ta kon kim oshdi savdosida 2 soatda sotilib ketdi

Qozog‘istonda joylashgan 50ta oltin, kumush va qimmatbaho toshlar konlari Ostonada o‘tkazilgan maxsus kim oshdi savdosida 2 soat ichida sotilib ketdi. Bu haqda KTK telekanali xabar bermoqda.

Bunday kim oshdi savdosi Qozog‘istonda birinchi marta o‘tkazilishi. Sotuvlar tashkilotchisi investitsiya va rivojlanish vazirligi bo‘ldi.
Sotuvning birinchi kuniyoq idora davlat byudjyeti uchun 1.5 mlrd tanga ishlab topdi.

Eng ko‘p savdo qilingan kon Qarag‘anda viloyatidagi “Navro‘zboy” bo‘ldi. Uning narxi 2 mln tangadan boshlanib, 140 barobarga o‘sdi. Natijada u 280 mln tangaga sotildi.

Top