21:42 / 04.12.2015
10140

"Real" Ispaniya kubogi-2015/16 musobaqasida ishtirok etishdan mahrum etildi

Madridning “Real” jamoasi “Kadis”ga qarshi o‘yinda rossiyalik yarim himoyachi Denis Cherishevning ishtiroki bois Ispaniya kubogi-2015/16 musobaqasidan chetlashtirildi. Bu haqda Cadena SER radiostansiyasi ma'lum qilgan.

“Kadis” bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv 2 dekabrda o‘tkazilgan. Unda Cherishev bir bo‘lim ishtirok etib, 3-daqiqada to‘p kiritgan.

Rossiyalik futbolchi diskvalifikatsiya tufayli ushbu o‘yinda ishtirok etishi mumkin emas edi. U “Vilyarreal” tarkibida uchta sariq kartochka olgan, shu bois qaysi jamoa tarkibiga qo‘shilishidan qat'iy nazar bitta o‘yin o‘tkazib yuborishi lozim edi.

O‘yin yakuniga yetgach qirollik klubi vakillari rossiyalik yarim himoyachining diskvalifikatsiyasi borligini Ispaniya futbol federatsiyasiga tasdiqlagan.

Top