23:12 / 04.12.2015
7514

Samsung ko‘chirmakashligi uchun Apple kompaniyasiga 548 mln dollar to‘lashga rozi bo‘ldi

Samsung va Apple kompaniyalari 2011 yildan Janubiy korealiklarni iPhone dizaynini ko‘chirirganlik borasida sudlashib keladi. Bu jarayon nihoyasiga yetib qoldi va Samsung 10 kun ichida Apple kompaniyasiga 548 mln dollar miqdorida tovon puli to‘laydigan bo‘ldi. Bu haqda The Verge xabar bermoqda.

2011 yildan boshlangan ushbu mojaroda Apple kompaniyasi Janubiy korealiklardan turli miqdordagi tovon puli talab qilib kelishdi. Boshida Apple 2,5 mlrd dollar, so‘ngra 1 mlrd dollar talab qildi. Va nihoyat Samsung kompaniyasi shu summaning yarmini to‘laydigan bo‘ldi.

Samsung kompaniyasining Apple dan “o‘g‘irlagan” texnologik tomoni suratlarni kattalashtirish uchun ekranga ikki marta bosish hamda turli ko‘rinishdagi multi-ishoralar etib ko‘rsatilgan.

Top