23:06 / 04.12.2015
3371

Saransk hayvonot bog‘idagi puma bolalari Suares, Neymar va Messi degan ism olishdi

Rossiyaning Saransk viloyatidagi hayvonot bog‘ida tug‘ilgan puma bolalariga 2018 yilda Rossiyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionati sharafiga antiqa ismlar qo‘yishdi. Bu haqda musobaqaning rasmiy portali welcome2018.com xabar bergan.

Saranskdagi hayvonot bog‘ida biryo‘la uchta puma bolasi tug‘ildi. Mushukchalarga “Barselona” futbol klubi futbolchilari — Suares, Neymar va Messining ismi qo‘yildi.
Hayvonot bog‘i direktori Pavel Kshnyaykinning ma'lum qilishicha, yozgi mavsumda hayvonot bog‘iga tashrif buyuruvchilar maxsus joydan Suaresni ko‘rish imkoniga ega bo‘ladilar.

“2018 yilda biz hayvonot bog‘idagi birorta jonzotni o‘yin hisoblarini aytishga o‘rgatmoqchimiz. Bu qiyin bo‘lsada, ammo vaqtimiz bor”, — dedi Kshnyaykin.

Top