11:17 / 04.12.2015
10701

Xitoy Chernogoriyaning NATOga qabul qilinishiga e'tiroz bildirdi

Xitoy TIV rasmiy vakili Xua Chunin Chernogoriyaning NATO safiga Chernogoriyaning taklif etilishini tanqid qilib chiqdi. Bu haqda UPI agentligi xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Pekin alyans va Bolqon davlatlari o‘rtasidagi muzokaralarni diqqat bilan kuzatib bormoqda hamda rasmiy Pekin NATOning bu boradagi harakatlarini ma'qullamaydi.

“Biz hisoblaymizki, NATO “sovuq urush”ning hosilasidir. Xitoy Shimoliy alyansning qo‘shimcha davlatlar hisobiga kengayishiga qarshi.

Bugungi global dunyoda davlatlar o‘z xavfsizliklarini o‘zaro aloqalar orqali ta'minlashi kerak. Lekin hech qaysi davlat yoki tashkilot faqat harbiy kuchga tayanmasligi kerak”, - deydi Xua Chunin.

Xitoylik vazirning qayd etishicha, xalqaro hamjamiyat "sovuq urush" davri qoidalarini inkor qilishi kerak.

Biroz oldinroq, Rossiya ham Chernogoriyaning NATOga qabul qilinishiga e'tiroz bildirgandi va zarur choralar ko‘rilishini ma'lum qilgandi.

Top