14:32 / 04.12.2015
5396

ZiyoNET 10 yoshga kirdi

2005 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining jamoat ta'lim axborot tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-191- sonli Qarori asosida ZiyoNET tarmog‘i resurs markazi va uning Xalq ta'limi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirliklaridagi bo‘linmalari tashkil etilgan edi.

O‘tgan 10 yil ichida ko‘plab loyihalar ishga tushirildi, ta'lim sohasi va yoshlarning kundalik hayotida informatsion-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha yangiliklar joriy etildi. Jumladan, ZiyoNET portalining birinchi talqini 2006 yilda ishlab chiqilib, foydalanuvchilarga taqdim etilgan edi. So‘nggi yillarda ZiyoNET portalining interfeysi bir necha marotaba o‘zgardi, portal ma'lumotlar va bo‘limlar bilan boyidi.

Hozirgi vaqtda ZiyoNET portalida kutubxona, audiokitoblar, e-Darslik, abituriyent, savol-javoblar, guruhlar, arboblar, o‘yinlar, xorijiy tillar va boshqa bo‘limlar mavjud.

Bundan tashqari, tarmoq resursi tizimi Tanlov.uz, uTube.uz, Fikr.uz, www.uz, ID.uz, zn.uz kabi loyihalarni ham o‘z ichiga oladi. Mazkur ro‘yxat 2015 yilda jahon madaniy merosining Meros.uz, sharq pazandaligiga bag‘ishlangan chakchak.uz saytlari hamda ta'limiy uRadio.uz on-layn radiosi bilan to‘ldirildi.  

Top