16:34 / 05.12.2015
28208

Chevrolet Cobalt`ning yangi ko‘rinishi rasman namoyish etildi

Braziliyada restayling qilingan Chevrolet Cobalt namoyish qilindi. Sedan dizayni markaning yangi korporativ stilida ishlangan.

Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkazilgan taqdimot marosimida ma'lum qilinishicha, mashina dizayni ancha o‘zgargan, modelning old qismi Chevrolet`ning firma dizayniga muvofiq ravishda qayta ishlangan: avtomobilning chiroqlari torroq ko‘rinishga keltirilgan, radiator panjarasi va tumanga qarshi chiroqlar shakli o‘zgartirilgan.

Intererga esa deyarli tegilmagan, faqat salon qulayliklariga sensorli displey hamda orqa ko‘rinish kameralariga ega, iOS va Android’dagi smartfonlar bilan ishlay oladigan MyLink II multimediya tizimi paydo bo‘lgan. Yangilangan Chevrolet Cobalt`ning eng yaxshi komplektatsiyasiga yorug‘lik datchiklari, orqani ko‘rish kameralari va charm salon kiradi.

Braziliya bozoridagi Cobalt sedanlari mijozlarga 1.8 litrli 4 silindrli 110 ot kuchiga ega atmosferali dvigatel bilan taklif etiladi.

Yangilangan Chevrolet Cobalt avtomobilining O‘zbekistonda ishlab chiqarilishi haqida hozircha ma'lumotlar yo‘q.

Top