18:46 / 05.12.2015
5973

Germaniya IShIDga qarshi kurashda Rossiya bilan ittifoqchi bo‘lmoqchi emas

GFR kansleri boshqarmasi rahbari Peter Altmayyerning ma'lum qilishicha, Germaniya IShIDga qarshi kurashda Rossiya bilan harbiy blok tashkil etishni iloji yo‘q ish deb hisoblaydi. Bu haqda Spiegel xabar berdi.

"Rossiya bilan biz Venada bir stol atrofida o‘tiribmiz. Lekin IShIDga qarshi kurashda biz aniq Rossiya bilan harbiy alyans tashkil qilmaymiz", dedi u Avstriya poytaxtida Suriyadagi vaziyatni tartibga solish yuzasidan yig‘ilishni nazarda tutib.

U shuningdek rasmiy Berlin IShIDga qarshi kurashda Bashar Asad bilan ham hamkorlik qilishni nazarda tutmaganini aytib o‘tgan.

Bundan oldinroq, Bundestag o‘z harbiylarini Suriyaga yuboradigan bo‘lgani xabar qilingandi.

Unga ko‘ra GFR IShIDga qarshi kurashish uchun Tornado razvedkachi samolyotlarini, fregat va yoqilg‘i quyuvchi samolyotlarni yuboradi. Biroq mamlakat qurolli kuchlari harbiy harakatlarda bevosita ishtirok etmaydi.

Top