09:25 / 05.12.2015
2630

Iroq neft vaziri: OAVlarning OPeK neft qazib olishga kvotani oshirgani haqidagi xabari – yolg‘on

OAVlarning OPeK neft qazib olish kvotasini kuniga 31,5 mln barrelgacha oshirgani haqidagi xabari yolg‘on, deb aytdi matbuot-anjumanida Iroq neft vaziri Odil Abdul Mahdiy. Uning aytishicha, OPeK kvotalarni aniq bo‘lmagan darajada saqlab qoldi, u taxminan kuniga 30-31 mln barrelni tashkil qiladi.

“Biz aniq raqamni ayta olmaymiz. Lekin shu bilan birga OPeK kvotaning yuqori chegarasi aniqlanmagani haqidagi birgalikdagi qarorga keldi. Bu chegara taxminan kuniga 30-31 mln barrelni tashkil qilishini aytish mumkin”, deb aytdi Abdul Mahdiy.

Mahdiy OPeK kvota bo‘yicha qarorni kartelga kirmaydigan neft qazib oluvchi davlatlar munosabati sababli qabul qilmaganini ta'kidlab o‘tdi.

“Nima uchun bunday qaror qabul qildik? Rossiyaliklar, amerikaliklar, afrikaliklar, xitoylar, hindlar neft qazib oladilar, biroq OPeKga kirmaydilar. Faqatgina biz qazib olish hajmini tushirishimiz kerak bo‘lib qolmoqda”, deb aytdi Mahdiy.

Top