17:35 / 05.12.2015
8162

Islom Karimov Oqsaroyda bir guruh yurtdoshlarimizga Vatanimizning yuksak mukofotlarini topshirdi

Prezidentimiz Islom Karimov 5 dekabr kuni Oqsaroyda bir guruh yurtdoshlarimizga Vatanimizning yuksak mukofotlarini topshirdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar berdi.

Davlatimiz rahbarining farmonlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 24 yilligi arafasida mamlakatimizni har tomonlama rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan, el-yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini mustahkamlashda fidoyilik ko‘rsatgan, jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnik va ma'naviy-ma'rifiy hayotida alohida e'tiborga sazovor bo‘lgan bir guruh yurtdoshlarimiz davlat mukofotlari – faxriy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlangan edi.

Oqsaroyda 5 dekabr kuni ana shu yuksak mukofotlarni tantanali topshirish marosimi bo‘ldi.
– Bugun mana shu muhtasham zalda siz, azizlarni Konstitutsiya kuni bilan tabriklab, sizlarga samimiy hurmatimni izhor etib, barchangizga sihat-salomatlik, tinchlik-omonlik, yangi-yangi omadlar tilashga ijozat bergaysiz, – dedi Islom Karimov. – Bugungi uchrashuvimizdan asosiy maqsad – siz, azizlarga Vatanimizning mukofotlarini – yuksak unvon, orden va medallarni topshirish, sizlarni tabriklash, men uchun o‘ta sharafli vazifani ado etishdir.

Top