09:47 / 05.12.2015
2977

OAV: Noma'lum shaxslar Melburndagi kafedagi odamlarni garovga oldi

Avstraliyaning Melburn shahrida noma'lum shaxslar qurollangan holda kafelardan biriga bostirib kirgan va odamlarni garovga olgan. Bu haqda Daily Mail Australia xabar bergan.

Manbaning yozishicha, politsiya kafe atrofini o‘rab olgan hamda jinoyatchilar bilan muzokara o‘tkazishga kirishgan.

Ayni vaqtda bu hodisaning terrorchilar bilan bog‘liq yoki bog‘liq emasligi ma'lum emas.

Top