18:51 / 05.12.2015
4012

Obama teraktlar amerikaliklarni qo‘rqita olmasligini aytdi

AQSh prezidenti Barak Obama 5 dekabrdagi har haftalik murojaatida teraktlar amerikaliklarni qo‘rqita olmasligini aytdi.

“Mening prezident lavozimidagi eng ustuvor vazifam amerika xalqining xavfsizligi hisoblanadi. Bu ish biz amerikaliklar o‘z mamlakatimizni himoya qilish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qila olishimiz uchun barchamizni birlashtirishi kerak”, deb aytdi Obama.

“Biz o‘zimizning erkin va ochiq jamiyat borasidagi qadriyatlarimizga amal qilamiz. Biz kuchlimiz, mustahkammiz va bizni qo‘rqitib bo‘lmaydi”, deb aytdi Obama.

Ikkita avtomat va ikkita to‘pponcha bilan qurollangan Caid Rizvon Faruk va uning rafiqasi Tashfin Malik 2 dekabrda Kaliforniya shtatidagi San-Bernardino shahrida 14 kishini o‘ldirdi va 21 kishini yaraladi. Jinoyatchilar voqea joyidan g‘oyib bo‘lgandan bir necha soat o‘tib politsiya tomonidan otib o‘ldirilgan. Politsiya jinoyatchilar hujumni ekstremistik niyatda amalga oshirganliklari ehtimolini o‘rganmoqda. Avvalroq Malik feysbukda IShIDni qo‘llab-quvvatlashini yozgani ma'lum qilingandi.

Top