08:12 / 05.12.2015
2319

OPeK tashkilotga kirmaydigan davlatlar munosabati tufayli kvotalar bo‘yicha qarorni qabul qilmadi

OPeK davlatlari vazirlari neft qazib olish kvotasini real neft qazib olish darajasigacha oshirish qarorini qabul qildilar. Bu haqda 4 dekabrda OPeK anjumanidan keyin tashkilot prezidenti va Nigeriya neft vaziri Emmanuel Ibe Kachikvu matbuot-anjumanida ma'lum qildi.  

“Agar siz raqamni bilishni istasangiz, unda hozirgi raqamlarni olishingiz mumkin”, deb aytdi Kachikvu anjuman yakunlariga ko‘ra va ehtimol uzoq vaqtdan beri birinchi marta kvota ko‘rsatkichlari aytilmadi.

Ayni paytda OPeK davlatlari qazib oladigan neft hajmi kuniga 31-32 mln barrel atrofida baholanmoqda.

“Hozirgi neft qazib olish kvotasini belgiladik, u 30 mln barreldan ko‘proqni tashkil qilmoqda hamda kvotaning kamaytirilishi bozorga javob bermasligiga qaror qildik. Shuning uchun maqsad 30 mln barrel emas, balki hozirgi neft qazib olish darajasidir”, deb aytdi OPeK prezidenti.  

Top