16:48 / 05.12.2015
4748

Xitoyda "Miyalarning yuvilib ketishi tarixi" asari muallifi qamaldi

Xitoyda "Miyalarning yuvilib ketishi tarixi" nomli asar muallifiga 1 yilu 10 oylik qamoq jazosi tayinlandi.

Nanchan shahri sudi yozuvchi Fu Jibinni noqonuniy savdo faoliyatini yuritishda ayblab, qamoqqa hukm qilgan. Yozuvchi o‘z asari nusxalarini internet orqali sotgani uchun hibsga olingandi.

Xitoyda bu turdagi harakatlar uchun tez-tez ayblov e'lon qilinib turadi.

Fu Jibin bilan birgalikda yana 3 kishi bu jinoyatga aloqador deb topilib, hukm qilingan.

O‘z kitobida Fu Jibin Xitoy kompartiyasining jamoatchilik ustidan nazoratini tanqid qilgandi.

Ushbu hukm Xitoy konstitutsiyasi kunida chiqarilgan.

Xitoy konstitutsiyasida esa so‘z va matbuot erkinligi kafolatlangan.

Top