13:16 / 05.12.2015
2670

Xitoydagi yo‘l-transport hodisasida sakkiz kishi halok bo‘ldi

Xitoyda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi natijasida sakkiz kishi hayotdan ko‘z yumdi, vafot etganlar orasida ikki bola ham bor, deya xabar bermoqda Sinxua agentligi 5 dekabr kuni.

Ma'lumotlarga ko‘ra, hodisa mamlakat janubidagi Guandun provinsiyasida sodir bo‘lgan. Tsement ortib ketayotgan yuk mashinasi chorrahada ag‘darilib ketib, yo‘lovchilar ketayotgan furgonga borib urilgan. Yo‘lovchilardan faqatgina bir nafari tirik qoldi. Politsiya yuk mashinasi haydovchisini hisbga oldi.

Avariya sabablari o‘rganilmoqda. Hodisa yuzasidan batafsil ma'lumotlar taqdim etilganicha yo‘q.

Top