09:50 / 06.12.2015
3020

Amerikanining Time jurnali o‘quvchilaridan “Yil odami”ni tanlashni taklif qildi

Amerikaning Time jurnali o‘quvchilari orasida “Yil kishisi” so‘rovini o‘tkazmoqda. Bu haqda nashr saytida ma'lum qilingan.

“Angela Merkel va Vladimir Putin singari yetakchilar siyosiy maydon markaziga aylanishdi. Hillari Klinton va Donald Tramp singari siyosatichilar esa AQSh perzidentligiga nomzod sifatida diqqat-markazda bo‘lishdi. O‘z navbatida, yuqori iste'dod sohiblari bo‘lmish Teylor Svift va Dreyk, shu bilan birga Rim papasi Frantsisk ham o‘quvchilar nazaridan chetda qolmadi”, — deydi nashriyot.
Ayni paytda so‘rovda AQSh prezidentligiga Demkortalar partiyasidan nomzod Berni Sanders yetakchilik qilmoqda.
Ikkinchi o‘rinda pokistonlik Malala Yusfzay, uchinchi o‘rinda esa Rim papasi Frantsisk bormoqda.
AQSh prezidenti Barak Obama to‘rtinchi o‘rinda, Germaniya kansleri Angela Merkel beshinchi o‘rinda, Rossiya prezidenti Vladimir Putin esa 15-o‘rinda bormoqda. Undan uch o‘rin quyida esa britaniyalik qo‘shiqchi Adel ham bor.
Natijalar 7 dekabrda e'lon qilinadi.

Top