20:25 / 06.12.2015
12837

Ehtiyot bo‘ling, Uznetda avtofiribgarlar harakat qilmoqda

Toshkentda olx.uz saytida (sobiq torg.uz) avtomobil sotish bilan firibgarlik qiluvchi firibgarlar paydo bo‘ldi.

Feysbukda “Voditeli Tashkenta” guruhi foydalanuvchisining ma'lum qilishicha, jinoyatchilar aynan bir sxema bo‘yicha ishlamoqda.

“Firibgarlar go‘yoki chet elga doimiy ravishda yashagani ketganlari va O‘zbekistonga qaytmasliklarini, o‘zbek raqamiga ega mashinani sotishayotganini, o‘zlari bilan mashinani olib ketishgani, biroq mashina O‘zbekistonda hisobda turgani uchun uni rastamojka qilish qimmatga tushayotgani va endi past narxda sotishayotganini aytib, sizda pul borligini isbotlash uchun 50 foiz pulni istalgan odamga pul o‘tkazmasi bilan o‘tkazib, so‘ngra pul o‘tkazilgani haqidagi tasdiqnomani (suratga olingan bank koreshogini) yuborishni, mashina rasmiylashtirilgandan keyin esa qolgan pulni berib, bankda pul oluvchini o‘zgartirishingiz va shu bilan bitim yakunlanishini aytishmoqda. Firibgarlarga uchrab qolmang”, deb ogohlantirmoqda xabar muallifi.       

Avvalroq joriy yilning sentabr oyida Namangan viloyatida avtofiribgarlarning faoliyatiga chek qo‘yilgani ma'lum qilingandi. Ular tomonidan amalga oshirilgan operatsiyalar hajmi bir necha mlrd so‘mdan ko‘proqni tashkil qilmoqda. Firibgarlar ko‘pchilik avtomobil egalari mashinalarini qarzga bo‘lib-bo‘lib sotishlaridan foydalanib, bir necha o‘nlab odamlarni chuv tushirishgan.

Top