07:20 / 06.12.2015
6765

Iroq prezidenti Turkiyani mamlakatdan qo‘shinlarini olib chiqib ketishga chaqirdi

Iroq prezidenti Fuad Ma'sum Turkiya hukumatini ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning yomonlashishigiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida turk qo‘shinlarini Iroqdan olib chiqib ketishga chaqirdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.  

Bu haqda Iroq prezidentining rasmiy bayonotida ma'lum qiindi.

Ma'sum Turkiyaning harakatlarini xalqaro huquq va Iroq suverenitetining buzilishi deb atadi.

“Biz Turk respublikasining mas'ul hukumatini o‘z qurollangan kuchlarini Iroq hududidan olib chiqib ketishga chaqiramiz va ikki qo‘shni davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarning yomonlashishi va mintaqada tanglikni kuchaytiruvchi bunday voqealarga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligidan ogohlantiramiz”, deb aytilmoqda bayonotda.

Ta'kidlanishicha, Ma'sum Iroq hukumati va vazirliklarga, ayniqsa tashqi ishlar vazirligiga Iroq mustaqilligi va dahlsizligini saqlash va Turkiya bilan yaxshi munosabatlarni qo‘llab-quvvatlash uchun zaruriy choralarni qabul qilishni buyurdi.  

Avvalroq Turkiya Iroqning shimolidagi, o‘tgan yozda IShID jangarilari tomonidan bosib olingan Mosul shahri yaqinida harbiy lager joylashtirgani ma'lum qilingandi.  

Iroq tashqi ishlar vazirligi turk harbiylarining Iroqda joylashtirilishi munosabati bilan Turkiyaga rasmiy noroziligini bildirgan.

Top