PSV Erediviziyaning ketma-ket 42ta o‘yinida maydonni golsiz tark etmagan holda rekordni o‘rnatdi.
5 dekabr kuni safarda «Vitess»ga qarshi o‘yin (1:0) eyndxovenliklarning gol urgan ketma-ket 42-o‘yiniga aylandi.
PSV Gollandiya chempionatida oxirgi marta 2014 yilning 28 sentabrida kechgan uchrashuvda "Xerenven"ga qarshi o‘yinda raqib darvozasiga gol ura olmagandi (0:1).