07:36 / 06.12.2015
19734

Times: IShID jangarilari Afg‘oniston sharqidagi hududlarni bosib oldi

The Times nashri ma'lumotlariga ko‘ra, IShID jangarilari Afg‘oniston sharqidagi bir nechta hududlarni bosib oldi. 

Nashrning ta'kidlashicha, IShIDga vafodorlikka qasamyod keltirgan 1,6 minggacha jangari Jaloloboddan janubda joylashgan 4 ta viloyatning katta qismini o‘ziga bo‘ysundirib olgan.

Terrorchilar Suriya va Iroqdagi jangarilar kabi vahshiy harakat qilmoqdalar. Ular qiynoq va qatllar qo‘llamoqda hamda bu qabihliklarini videoga tasvirga olmoqda. O‘n minglab afg‘on oilalari shu sabab o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lmoqdalar.

Afg‘oniston armiyasi jangarilarga hozircha muvaffaqiyatli qarshilik ko‘rsata olmayapti. Nashrning ta'kidlashicha, afg‘on armiyasi har oy 500 ga yaqin harbiy yo‘qotmoqda.

Nashrda ta'kidlanishicha, jangarilar hujumining muvaffaqiyati Afg‘onistondan Buyuk Britaniya va AQSh qo‘shinlarining olib chiqib ketilishi va “Tolibon” ichidagi ixtilof bilan bog‘lanmoqda. Qayd etilishicha, “Tolibon” va “Al-Qoida” bilan yaqindan bog‘liq bo‘lgan jangarilar IShID tomonga o‘tib ketgan.

Top