Ispaniya chempionatining 14 turi doirasida o‘tkazilgan "Valensiya" va "Barselona" jamoalari uchrashuvi vaqtida mahalliy jamoa muxlislaridan biri infarktga uchrab, olamdan ko‘z yumgan. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatgan.
Tribunada u yerga yiqilgach, birinchi tez yordam ko‘rsatilgan va shifoxonaga olib borilgan. Ammo u ko‘p o‘tmasdan vafot etgan.