20:17 / 06.12.2015
2770

Van Gaal: "MYu"da Suares yoki Aguero bo‘lganida golli vaziyatlardan foydalanishardi

"Manchester Yunayted" jamoasi bosh murabbiyi Lui van Gaal "Vest Hem"ga qarshi kechgan 15 tur uchrashuvidan so‘ng bergan intervyusida kinoyali so‘zlari orqali jamoa hujumchilaridan noroziligini bildirib o‘tdi.

"Xayolimda shunday savol bor: Suares yoki Aguero tarkibimizda bo‘lganida "Vest Hem" bilan o‘tgan uchrashuvda uyushtirilgan hujumlarni gol bilan yakunlay olisharmidi? Bu bo‘yicha aniq javob berib bo‘lmasada, aytamanki, ular o‘yinda gol ura olishgan bo‘lishardi. Chunki, kecha yetarlicha golli vaziyatlar yaratildi. Hujum tashkil qilinishida muammo yo‘q, masala boshqa joyda", degan u BBC Radio Manchester`ga.

Eslatib o‘tamiz, "Manchester Yunayted" kecha "Old Trafford" stadionida kechgan uchrashuvda bironta gol ura olmadi - 0:0.

Qayd etish kerakki, "qizil iblislar" oxirgi 6ta uchrashuvlarining 4tasida 0:0 hisobida durang o‘ynashgan. Yana 2ta uchrashuvda 1:0 va 2:0 hisoblari qayd etilgan.

Top