09:46 / 07.12.2015
2764

“Vedomosti”: “AvtoVAZ” bir oy avtomobillar ishlab chiqarmaydi

“AvtoVAZ” kompaniyasi Yangi yil ta'tillarigacha avtomobillar ishlab chiqarishni to‘xtatadi, deb xabar bermoqda kompaniyaga yaqin ikki kishi va ikki yetkazib beruvchiga iqtibos keltirgan holda “Vedomosti” gazetasi.

Ta'kidlanishicha, Tolyattidagi zavodda barcha konveyerlar 18 dekabrdan 18 yanvargacha to‘xtatib qo‘yiladi, biroq odamlar ishga borishni davom ettiraverishadi. Gazeta suhbatdoshlarining aytishicha, ishchilar ishlab chiqarishni optimallashtirish bilan shug‘ullanishadi. Ijyevskdagi zavod 28 dekabrdan 18 yanvargacha ishlamaydi. UAZ avtomobillari 31 dekabrdan 2016 yilning 1 fevraligacha ishlab chiqarilmaydi.

Manbalarning aytishicha, ishlab chiqarish to‘xtatilishi majburiy chora hisoblanadi. Bu qaror kompaniya past talab darajasida zavodlarda avtomobillarni zaxiralab qo‘ya olmasligi bilan tushuntirilmoqda. Hozircha rasmiy buyruqlar berilmagan, biroq bunday buyruqlar 7 dekabrda paydo bo‘lishi mumkin. 15 dekabrda boshlanishi kerak bo‘lgan Lada Xray modeli ishlab chiqarilishi ko‘chirilmadi. Nashr bu borada kompaniya vakilidan izoh ololmadi.

Avvalroq kompaniya inqiroz tufayli ishlab chiqarishni qisqartirish va to‘liq bo‘lmagan ishchi hafta kiritishni rejalashtirayotgani ma'lum qilingandi.

Top