13:56 / 07.12.2015
2705

AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden Kiyevga tashrif buyurdi

AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden ikki kunlik tashrif bilan Kiyevga keldi.

U 7 dekabr kuni davlat va jamoat tashkilotlarining islohotchilari bilan uchrashadi. Shundan so‘ng, Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko va kechda esa mamlakat bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk bilan ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish uchun muzokara o‘tkazadi.

8 dekabr kuni Bayden Yuqori Radada chiqish qiladi. Oq uyda bu voqeani tarixiy deb atashmoqda. Chunki bunga qadar hech qaysi AQSh vitse-prezidenti Ukraina parlamentida chiqish qilmagan edi.

Undan so‘ng Bayden Kiyev meri Vitaliy Klichko bilan uchrashadi.

Top