08:11 / 07.12.2015
3350

AQShning sobiq prezidenti Jimmi Karter saraton xastaligidan tuzaldi

AQShning sobiq prezidentlaridan biri Jimmi Karter miya saratoni xastaligidan tuzaldi. Bu haqda uning qarindoshlariga asoslanib, Assoshieyted Press axborot agentligi xabar tarqatgan.

Uning nabirasi aytishicha, shifokorlar Karterning oxirgi tahlillarida saraton belgilari yo‘qligini aytishgan.

Shu yilning avgust oyida 91 yoshli siyosatchiga miyasida melanoma borligi haqida tashxis qo‘yilgan va u shifoxonaga yotqizilgandi.

Top