09:43 / 07.12.2015
2067

Buyuk Britaniya parlament a'zolariga tahdid qilgan erkak hibsga olindi

London politsiyasi bir erkakni parlament a'zolariga feysbuk orqali tahdid qilganlikda aybladi.

Gumonlanuvchi 23 yoshli Kreyg Uolles, shuningdek Muhammad Mujohid Islom nomi bilan tanish bo‘lgan yigit Londonning shimolidagi manzil bo‘yicha hibsga olindi. Ayni paytda u hibsda qolmoqda. Ta'kidlanishicha, u 7 dekabrda o‘z qilmishi uchun sud oldida javob beradi.

Bungacha politsiyaga Leyboristlar partiyasining ikki deputatidan Suriyada aviazarbalar berishga ruxsat berilganidan keyin ular hayotiga tahdid qilingan xabarlar kelgani shikoyati kelib tushgan.

Top