11:50 / 07.12.2015
4084

CNN Obamani Venesuela prezidenti sifatida tanishtirdi

CNN telekanali "Obamani Venesuela prezidentligiga tayinladi". Telekanalning Ispaniyadagi filiali Barak Obamaning millatga murojaatini efirga uzatish vaqtida xatolik tufayli AQSh prezidentini Venesuela prezidenti sifatida tanishtirdi.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bu xatoni qizg‘in muhokama qilishgan.

Obama o‘z murojaatida AQShning terrorchilik bilan kurashidagi harakatlari haqida gapirgan.

U Kaliforniyada uyushtirilgan ommaviy qotillikka munosabatlarini bildirib o‘tgan.

Barak Obama shuningdek AQSh IShIDni yo‘q qilishiga va'da bergan.

Obama o‘z nutqida fuqarolarga qurollar sotilishini qattiq nazorat qilishga chaqirgan.

Top