17:48 / 07.12.2015
4184

GFR Mudofaa vaziri: G‘arb Afg‘onistondan chiqishi haqida juda erta e'lon qildi

Xalqaro koalitsiya Afg‘onistondan chiqishi haqida barvaqt ma'lum qilib yuborgan va bundan tolibonlar foydalanishgan. Bu haqda Germaniya federativ respublikasi Mudofaa vaziri Ursula fon der Lyayyen Mozori-Sharif shahriga qilgan tashrifi vaqtida ma'lum qilgan. Bu haqda DPA axborot agentligida xabar qilingan.

"Biz xalqaro koalitsiyaning Afg‘onistonni tark etishi haqida shoshma-shosharlik bilan e'lon qilib yubordik. Shundan keyin tolibonlar faollashishdi. 2015 yilda jangarilar Afg‘oniston hukumati va armiyasini taslim qilish uchun barcha ishni qilishdi", deydi vazir.

Uning taklif qilishicha, xalqaro koalitsiya Afg‘onistondagi missiyasini davom ettirishi kerak.

"Xalqaro koalitsiya mahalliy hukumat bilan hamkorlikda hududdagi faoliyatin davom ettirishi kerak", degan fon der Lyayyen.

"Bizning siyosiy sohadagi aniq maqsadlarimiz bor. Albatta Afg‘oniston hukumati bilan bu borada kelishuvga erisha olamiz", deydi vazir.

Top