18:25 / 07.12.2015
11581

Guardian: Erdo‘g‘anning imperialistik orzulari Turkiya uchun xavfli

Oxirgi paytlarda Anqaraning tashqi siyosati agressivlashib, Rossiya bilan bo‘lganidek ixtiloflarni keltirib chiqarmoqda, deb yozadi The Guardian nashri.

Asad tarafdorlarini zaiflashtirish harakatida Turkiya Rossiya samolyotini urib tushirdi, bu hatto sovuq urush yillarida ham juda xavfli vaziyat hisoblanardi. Erdo‘g‘anning bunday harakatlari mamlakatni xavfli oqibatlar bilan yuzma-yuz qilishi mumkin.

Kolumnistning fikricha, Turkiya imperiyadan ayrilganining alamini bugungi kunga qadar chiqara olmayapti. Shu bois Erdo‘g‘an o‘zini “Usmonli xalifaligini qayta tiklovchi” sifatida taqdim etishga urinmoqda.
Jurnalist Turkiya rahbariga asosiy xatar G‘arbdan emas, Sharqdan – Suriya va Iroqdan kelayotganini eslatib qo‘ydi.

Top