09:28 / 07.12.2015
1983

MSK: Armaniston fuqarolarining 64 foizi konstitutsiyaviy islohotlarga rozi

6 dekabr kuni Armaniston fuqarolari respublika konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritilishiga o‘z munosabatlarini bildirishlari kerak bo‘ladigan referendum bo‘lib o‘tdi.

«Novosti Armenii» nashri ma'lumotiga ko‘ra, Armaniston Markaziy saylov komissiyasi 7 dekabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 03:45da byulletenlarning 83 foizi hisoblab chiqilgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, hisoblab chiqilgan byulletenlarda saylovchilarning 64, 13 foizi islohotlarni ma'qullagan, 31,67 foiz saylovchi esa qarshi bo‘lgan.

Referendumda 1 mln 296 ming 368 nafar saylovchi ishtirok etgan va davomat ko‘rsatkichlari 50,51 foiz bo‘lgan. Armanistonda saylash huquqiga ega bo‘lganlar soni 2 mln 550 ming 323 kishini tashkil etadi.

Konstitutsiyaviy islohot Armanistonning boshqaruvning parlament shakliga o‘tishini nazarda tutadi.

Bir palatali parlament besh yil muddatga saylanadigan 101 deputatdan (hozirda ular soni 131 nafar) iborat bo‘ladi.

Islohot loyihasiga ko‘ra, Armaniston prezidenti chegaralangan vakolatlarga ega bo‘ladi hamda umumiy va to‘g‘ridan-to‘g‘ri ovoz berish natijalariga ko‘ra emas, balki parlament deputatlari tomonidan saylanadi. Prezident vakolatlari muddati hozirdagi 5 yil o‘rniga 7 yil bo‘lishi va shu bilan birga fuqaro bu lavozimni takroran egallash huquqiga ega bo‘lmasligi nazarda tutilgan.

Hozirda Armanistonda 1995 yil 5 iyulda qabul qilingan va 2005 yil 27 noyabrda o‘zgartirishlar kiritilgan konstitutsiya amal qiladi.

Top