12:10 / 07.12.2015
63512

Munisa Rizayeva bo‘lajak turmush o‘rtog‘ining suratini namoyish qildi

O‘zbek estradasi xonandasi Munisa Rizayeva o‘z Instagram sahifasida bo‘lajak turmush o‘rtog‘i bilan tushgan suratini joyladi. Xonanda ushbu suratga "Xayrli kech" deb izoh qoldirgan. 

Shuningdek, xonanda o‘zining shou biznesdan ketmoqchi ekani haqidagi qarorini izohladi. 

"Bo‘lajak turmush o‘rtog‘im to‘ylarda qo‘shiq kuylashimga qarshi. Shu sababli shou-biznesdan ketishga qaror qildim. Hozirda bo‘lajak turmush o‘rtog‘imning fikrini o‘zgartirishga harakat qilmoqdaman. Chunki bu darajaga yetib kelguncha ancha mehnat sarfladim", – dedi xonanda "So‘g‘diyona" gazetasiga bergan intervyusida. 

Top