16:57 / 07.12.2015
6766

OAV: Rossiya bilan munosabatlarning taranglashuvi Turkiyaga 9 mlrd dollarga tushishi mumkin

Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari Mexmet Simsekning ma'lum qilishicha, Rossiya bilan munosabatlarning keskinlashuvi Turkiyaga 9 mlrd dollarga tushishi mumkin.

Hozirgi vaziyat mamlakat yillik ishlab chiqarishining 0,4 foizlik kamayishi ehtimoldan yiroq emas, deb ta'kidlab o‘tgan u. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Simsek, shuningdek, mehnatga to‘lanadigan haqni oshirish chora-tadbirlari ko‘rib chiqilishi va bu borada zarur islohotlar o‘tkazilishini aytib o‘tgan.

Top