19:10 / 07.12.2015
26131

O‘zbekistonda 2016 yilda oylik ish haqi miqdori inflyatsiya sur'atlaridan ortiq darajada oshiriladi

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining 3 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan yalpi majlisi birinchi kunida senatorlar 2016 yilgi Davlat byudjyetini, davlat maqsadli jamg‘armalarining byudjyetlarini hamda 2016 yilga mo‘ljallangan soliq va byudjyet siyosatining asosiy yo‘nalishlarini tasdiqladi.

O‘zA xabariga ko‘ra, 2016 yilga mo‘ljallangan Davlat byudjyetida oylik ish haqi, stipendiyalar, ijtimoiy nafaqalar va pensiyalar miqdorlarini inflyatsiya sur'atlaridan ortiq miqdorlarda oshirish, muhtoj oilalarning manzilli ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish nazarda tutilmoqda.

Ma'lumot uchun, O‘zbekistonda inflyatsiya sur'ati 2015 yilda rasman 5,5-6,5 foizdan oshmasligi prognoz qilingan edi. Mamlakatda oylik ish haqi, stipendiyalar, ijtimoiy nafaqalar va pensiyalar miqdori oxirgi marta O‘zbekiston Prezidentining 2015 yil 26 avgustdagi farmoniga muvofiq o‘rta hisobda 1,1 baravar oshirilgan.

Top