13:08 / 07.12.2015
21165

O‘zbekistonda navbatdagi yer silkinishi kuzatildi

Bugun, 7 dekabr kuni, soat 12:50da O‘zbekistonda navbatdagi yer qimirlashi kuzatildi.

Silkinish haqida hozircha biror rasmiy ma'lumot e'lon qilinmadi. Lekin ijtimoiy tarmoqlarda mamlakatning turli burchaklarida turgan foydalanuvchilar o‘zlari kuzatgan tabiiy ofat haqida yozishdi.
Qashqadaryolik ayrim foydalanuvchilarning taxmin qilib yozishicha, ushbu viloyat hududida silkinish magnitudasi 4-5 ballni tashkil qilgan. 

Oxirgi ma'lumotlarga qaraganda, yer osti silkinishlarining kuchi Toshkentda 3-3.5, Namanganda 3.5, Farg‘onada 4 ballni tashkil qilgan.

Oxirgi bir-ikki oy mobaynida O‘zbekistonda va umuman O‘rta Osiyo davlatlarida turli kuchga ega yer qimirlashlari muntazam ravishda tez-tez kuzatilmoqda. Bu xalq orasida vahimali gap-so‘zlarning tarqalishiga olib keldi. Ammo O‘zFA Seysmologiya instituti mutaxassislari bunday mishmishlarni inkor qilishdi.

Top