Qozog‘istonning Olmaota viloyati politsiyasi 10 nafar kishi halok bo‘lgan YTHni o‘rganmoqda. Bu haqda Tengrinews.kz xabar bermoqda.
Yo‘l transporti hodisasi 6 dekabr kuni Olmaota-Akterek-Alga trassasining 138-kilometrida ro‘y berdi. Unda ikkita avtomobil - Mercedes Benz va Toyota Windom to‘qnashib ketdi. "Ikkita mashinada ham besh nafardan yo‘lovchi bo‘lgan. Avariya natijasida ikkala avtomobildagi yo‘lovchilarning bari halok bo‘lgan”, - deyiladi politsiya hisobotida.