08:38 / 07.12.2015
3352

Turkiya Bag‘dodning noroziliklaridan keyin Mosulga harbiylarini jo‘natishni to‘xtatdi

Turkiya bosh vaziri Ahmad Dovudo‘g‘lining ma'lum qilishicha, rasmiy Anqara rasmiy Bag‘dodning noroziliklari va tahdidlaridan keyin Iroq shimolidagi Mosul shahri yaqiniga o‘z harbiylarini jo‘natishni to‘xtatdi.

Bundan oldinroq, Bag‘dod Turkiya elchisiga Iroq shimoliga turk harbiylari kirib borishi yuzasidan norozilik bildirgandi.

Shuningdek, Iroq mudofaa vaziri Xolid al-Obodiy turk harbiylari Iroq shimolida operatsiya o‘tkazishga ruxsat olmaganliklarini aytdi.

Iroq Turkiyaga qo‘shinlarini olib chiqib ketish uchun 48 soat vaqt bergan.

Top