09:38 / 07.12.2015
3888

Xillari Klinton o‘z prezidentligining birinchi kuni Netanyaxuni AQShga taklif qilishga va'da berdi

AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Xillari Klinton AQSh va Isroil o‘rtasidagi munosabatlar “keyingi bosqichga” olib chiqilishi kerakligini aytdi, deb xabar bermoqda The Times of Israel nashri. Klinton bu haqda Vashingtondagi anjumanda aytib o‘tdi.

Klinton prezident saylovlarida yutadigan bo‘lsa, o‘z prezidentligining birinchi kuniyoq Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni Vashingtonga taklif qilishga va'da berdi. Uning aytishicha, ikki davlat harbiy sohada hamkorlikni jiddiy mustahkamlash va kuchaytirish ustida ish olib borishi lozim.

Klinton arab-isroil munosabatlari haqida gapirar ekan, bir davlat manfaatlari yo‘lidagina qarorlar qabul qilinishi yangi ixtiloflarga olib kelishiga ishonchi komilligini aytdi.

Klinton, shuningdek, Isroil hukumatining hamma a'zolari ham Falastin milliy ma'muriyati rahbari Mahmud Abbosni hamkor sifatida ko‘rmayotganlarini aytib o‘tdi. Klinton Abbos o‘rnini bosadigan yaxshi nomzod yo‘qligini, uning o‘rnini faqatgina IShIDning “qora bayrog‘i”gina egallashi mumkinligini aytdi.

Top