17:00 / 08.12.2015
5248

Toshkentda “Mehr qolur - muhabbat qolur” nomli bayram tadbiri o‘tkazildi

2015 yil “Keksalarni e'zozlash yili” va “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan “O‘zaro yordam mehribonlik jamiyati” va axborot hamkorlari “Sog`inch sadosi” on-line radio, muxlis.uz, hozirchashu.uz va boshqa tashkilotlar ko‘magida poytaxtimizning “Farhod” tantanalar saroyida “Mehr qolur—muhabbat qolur” nomli bayram tadbiri o‘tkazildi. Mazkur xayriya tadbiriga Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi 200 nafar jismoniy imkoniyati cheklangan yigit-qizlar taklif etildi.


Bayramona bezatilgan dasturxon, el suygan san'atkorlarning ishtiroki, turli badiiy chiqishlar yig‘ilganlarga katta quvonch ulashdi. Sho‘x-kuy qo‘shiqlarga raqs tushgan kecha ishtirokchilar ko‘zlaridagi quvonch barchaning ko‘ngliga ko‘chdi.
Dastur yakunida jismoniy imkoniyati cheklangan kecha mehmonlariga xomiylarning qimmatbaho sovg‘a-salomlari topshirildi. Kechada qatnashganlar bunday mehr va e'tibordan mamnun ekanliklarini aytib, tadbir tashkilotlariga samimiy minnatdorlik izxor etishdi.

Top