08:27 / 08.12.2015
1957

AQSh Ukrainaga xavfsizlik sohasi uchun yana 300 mln dollarlik yordam berishi mumkin

AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden AQSh kongressi Ukrainaga xavfsizlik sohasi uchun yana 300 mln dollarlik yordam taqdim qilish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini ma'lum qildi. Bu haqda “112 Ukraina” telekanali xabar bermoqda.    

“Biz hozir Ukrainaga xavfsizlik sohasi uchun yana 300 mln dollar yordam berish ustida ishlamoqdamiz. Kongress bu hujjatning qabul qilinishi ustida ishlamoqda, biroq u hali qabul qilinmadi. Umid qilamanki, u qabul qilinadi”, deb aytdi Bayden.  

Avvalroq Bayden Kiyevga tashrifi davomida Ukraina prezidenti bilan birga bergan matbuot-anjumanida AQSh Ukrainaga 190 mln dollarlik moliyaviy ko‘mak ajratishiga va'da bergan edi.   

Top