23:12 / 08.12.2015
2776

Citroen yig‘iluvchi tomli krossover yaratdi

Citroen kompaniyasi E-Mehari nomini olgan seriyali krossover-kabrioletni rasman namoyish qildi. Model 2016 yil bahoridan Fransiyada sotuvga chiqariladi. Keyingi yil oxirigacha model boshqa davlatlar bozorida ham paydo bo‘ladi, biroq hozircha bu qanday davlatlar bo‘lishi noma'lum.

E-Mehari boshqa bir ixcham kabriolet Bollore Bluesummer negizida qurildi. Bu kabriolet PSA Peugeot Citroen guruhining Renndagi korxonasida ishlab chiqariladi. Yangi modelning dizayni C4 Cactus yo‘ltanlamasi stilida bajarilgan. Biroq “Mexari”da Airbump panellari yo‘q, birinchi qator o‘rindiqlar esa yagona suyanchiqqa ega bo‘lgan divan emas, balki ikkita alohida o‘rindiqlardan iborat.

Citroen E-Mehari’ning uzunligi 3,81 metr, eni 1,87 metr, balandligi 1,65 metrni tashkil qiladi.

Krossover-kabriolet 50 kilovatt maksimal quvvatga (68 ot kuchi) ega elektr dvigatel yordamida harakatga keltiriladi. Motor 30 kilovatt-soat hajmga ega litiy-polimerli akkumulyatordan quvvatlanadi. Avtomobilning maksimal yurish zaxirasi 200 km ni tashkil qiladi. U soatiga 110 km tezlik bilan yurishi mumkin.

Top