Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Dunga “Oltin to‘p”ni kimga berish lozimligi to‘g‘risidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Men Neymarga ovoz berdim. Neymarning vaqti keldi. Aslida Neymar, Krishtianu Ronaldu, Lionel Messi – bularning darajasi bir xil.
O‘tgan yili Ronaldu fantastik tarzda o‘ynadi. Bu mavsumda o‘tgan mavsumdagiga qaraganda yomonroq o‘yin ko‘rsatdi.
Messi yaxshi o‘ynadi, ammo jarohat oldi. Neymar esa uchyapti. U “Barselona” yetakchiligini o‘z zimmasiga oldi. O‘ylaymanki, hozir aynan uning vaqti”, – dedi Dunga.