18:20 / 08.12.2015
7961

Erdo‘g‘anning o‘g‘li IShID bilan oldi-berdi qilmaganini aytdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning o‘g‘li Bilol IShID terrorchi guruhi bilan neft oldi-berdisi borasida hech qanday ishlar qilmaganini ta'kidlamoqda. Bu haqda u Corriere della Sera gazetasiga bergan intervyusida bayonot berdi.

“Men dengiz orqali yuk tashish bilan shug‘ullanaman, - dedi u. – Bundan tashqari, IShID dinimni bulg‘ayotgan dushmanimdir”.

Bilol o‘z kompaniyasi bilan Istanbul ofis binolari, shuningdek, daryo barjalari qurish bilan shug‘ullanayotganini eslatib o‘tdi.

Bilol oilasi bilan Bolonyada yashab keladi. U Johns Hopkins University universitetida xalqaro munosabatlar bo‘yicha dissertatsiya yoqlashga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Top