11:45 / 08.12.2015
5023

Gendelning Amir Temur haqidagi operasi o‘zbek tiliga o‘girildi

O‘zbekiston milliy kutubxonasi jamg‘armasi nemis bastakori Georg Fridrix Gendelning Amir Temur haqidagi operasining o‘zbekcha tarjimasi bilan to‘ldirildi. O‘zbekiston milliy kutubxonasi matbuot xizmatining xabar berishicha, musiqiy drama rus tilidan shoir va tarjimon G‘ulom Mirzo tomonidan o‘girildi. 118 bet hajmli kitob “Yangi asr avlodi” nashriyotida chop etildi.

Gendelning “Tamerlan” nomli asari o‘zbek tiliga “Amir Temur” nomi ostida o‘girilib, unga kirish so‘zini professor Akmal Saidov yozdi.
1724 yili yaratilgan opera Gendelning eng mashhur asarlaridan biri bo‘lib, u Anqara jangidan so‘ng Yildirim Boyazidning qo‘lga olinishi hamda undan keyingi voqealarning erkin talqinini aks ettiradi.

Kitobdan, opera matnidan tashqari, Georg gendelning tarjimai holi, bibliografiyasi va hayoti bilan bog‘liq asosiy sanalar ro‘yxati o‘rin oldi.

Top