07:39 / 08.12.2015
4583

Iroq bosh vaziri: Bag‘dod Turkiya orqali Iroq neftining noqonuniy olib chiqilishini to‘xtatishni talab qilmoqda

Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiy 7 dekabrda “Turkiya orqali Iroq neftining noqonuniy olib chiqilishini to‘xtatishni talab qilmoqda”. Sky News Arabia telestansiyasining ma'lum qilishicha, al-Obodiy “IShID qo‘liga tushgan Iroq neftining katta qismi Turkiya orqali olib chiqib ketilayotgani” aytdi.  

Al-Obodiy Germaniya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuvidan keyin Anqaraga qo‘yayotgan shartini takrorladi va “turk harbiylarining Mosul atrofidan zudlik bilan olib chiqib ketilishini talab qildi”. Aks holda Bag‘dod Turkiya ustidan BMT Xavfsizlik kengashiga Iroqning dahlsizligi buzilishi yuzasidan shikoyat qiladi.

Top