10:15 / 08.12.2015
21796

IShID ichki hujjatlari nima demoqda, Turkiyaning noroziligi asoslimi, Obid Asomovning izohi, Estoniya prezidentining g‘aroyib nikohi va kunning boshqa muhim xabarlari

Guardian IShIDning ichki hujjatlarini qo‘lga kiritdi>>

Guardian gazetasi ixtiyoriga IShID terrorchilik guruhining ichki hujjatlari kelib tushdi. Bu hujjatlar guruh ichida yuz berayotgan batafsil tasvirni beradi. IShID 2014 yil iyunda Iroq va Suriyada “halifalik” e'lon qilib, dastlab tashqi ko‘rinish va xatti-harakatlar – yopishib turadigan kiyim kiyishni taqiqlashdan tortib terrorchilar “vaqtni behuda o‘tkazish” deb hisoblaydigan kabutar boqishni taqiqlashgacha farmoyish bergan.

AQSh xalqaro koalitsiyaning Suriya harbiylariga qilgan hujumini inkor etdi>>

IShIDga qarshi kurash bo‘yicha AQSh prezidenti Barak Obamaning maxsus vakili Brett Makgerk koalitsiyaning Suriya qarorgohiga zarba yo‘llaganini inkor etdi. Bu haqda u o‘z tvitterida ma'lum qilib o‘tgan.

Reuters: Turkiya HHK samolyotlari koalitsiya parvozlarida ishtirok etmoqda, ammo Suriyadagi IShID marralariga zarba bermayapti>>

Turkiya harbiy-havo kuchlariga qarashli samolyotlar AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya tarkibida parvozlar uyushtiryapti, ammo 24 noyabrdan buyon Suriyadagi IShID marralariga aviazarbalar bergani yo‘q. Bu haqda Turkiya mudofaa vazirligidagi manbasiga tayanib, Reuters agentligi xabar bermoqda.

Turkiya TIV Rossiya elchisiga norozilik bildirdi>>

Turkiya TIV mamlakatdagi Rossiya elchisini chaqirtirdi va unga Bosfor bo‘g‘ozidagi harbiy kema bilan bog‘liq voqea yuzasidan norozilik bildirdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Anqara turk harbiylari Su-24 voqeasidan keyin IShIDga aviazarbalar bermaganini tasdiqladi>>

Turk harbiylari 24 noyabrda Su-24 bilan yuz bergan voqeadan keyin IShID jangarilariga aviazarbalar bermagan, deb xabar berdi Reuters axborot agentligi. Bu haqda turk hukumatining rasmiy vakili ma'lum qildi.

Poroshenko Suriyadagi xalqaro koalitsiyani qo‘llab-quvvatlamoqchi>>

MAGATE Eronning “oltilik” bilan kelishuvni bajarayotgani bo‘yicha har chorakda hisobot beradi>>

Reuters manbasi Suriya armiyasiga berilgan aviazarba uchun javobgarlikni Rossiyaga ag‘dardi>>

Shveytsariya gazetasi IShID Turkiya orqali paxta sotayotganini ma'lum qildi>>

Moskvada sodir bo‘lgan portlashda jabrlanganlar soni to‘rt nafarga yetdi>>

Rossiya poytaxti Moskva shahridagi Pokrovka ko‘chasida joylashgan avtobus bekatida ro‘y bergan portlash natijasida jarohat olganlar soni to‘rt nafarga yetdi, deya xabar bermoqda “Interfaks”.

Tramp AQShga musulmonlarni kiritmaslikni taklif qildi>>

Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp Qo‘shma Shtatlarga musulmonlarni kiritmaslikni taklif qildi, deya xabar bermoqda Reuters.

Tojikistondagi zilzila natijasida 1 kishi nobud bo‘ldi, 10 kishi jarohat oldi>>

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, Tojikistonning Tog‘li Badaxshon muxtor viloyatida sodir bo‘lgan zilzila natijasida bir kishi nobud bo‘lgan, o‘n kishi esa jarohatlangan. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

FVV: Zilzila Andijon, Jizzax, Samarqand, Farg‘ona shaharlarida 4 ballni tashkil etdi>>

Bojxonachilarga bayram tuhfasi>>

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 23 yilligi tantanalari Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi tarkibidagi bir qator bojxona postlarida xizmat qilayotgan bojxonachilar va ularning oila a'zolari uchun qo‘shaloq bayramga aylandi.

O‘zbekistonda 2016 yilda oylik ish haqi miqdori inflyatsiya sur'atlaridan ortiq darajada oshiriladi>>

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining 3 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan yalpi majlisi birinchi kunida senatorlar 2016 yilgi Davlat byudjyetini, davlat maqsadli jamg‘armalarining byudjyetlarini hamda 2016 yilga mo‘ljallangan soliq va byudjyet siyosatining asosiy yo‘nalishlarini tasdiqladi.

Twitter yakunlanayotgan 2015 yilning trendlarini esladi>>

Venalik kishi Dunay daryosida oqayotgan 100 ming yevro pulni tutib oldi>>

Avstriya poytaxti Venada politsiya Dunay daryosida 100 ming yevrodan ko‘proq pul oqib ketayotganini aniqladi.

Estoniya prezidenti latviyalik amaldor ayol bilan nikohdan o‘tdi>>

Estoniya prezidenti Toomas Xendrik Ilves Latviya Mudofaa vazirligi xodimasi Iyeva Kuptse bilan nikohdan o‘tdi, deb xabar bermoqda Delfi nashri.

Qozog‘istonda qullikka mahkum qilingan qirg‘izistonlik oila qutqarib qolindi>>

Qirg‘izistonlik oila Qozog‘istonda qullikdan qutqarib qolindi. Bu haqda “Zamondosh” assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Toshkentda mototsiklchi yo‘lovchi qizni urib yubordi>>

Kecha, 7 dekabr kuni Toshkent shahrining Amir Temur shohko‘chasida mototsikl ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Natijada yo‘lovchi qiz jabrlangan. Bu haqda feysbuk ijtimoiy tarmog‘idagi "Voditeli Tashkenta" guruhi foydalanuvchilari xabar qilishgan.

Obid Asomov 5 yildan beri nega sahnalarda ko‘rinish bermayotganini izohladi>>

O‘zbekistonlik taniqli qiziqchi Obid Asomov Instagram ijtimoiy tarmog‘ida faollik ko‘rsatishda davom etmoqda. Keyingi postlaridan birida u muxlislariga murojaat qilib, umumiy savollarga javob berib o‘tgan.

Top