20:53 / 08.12.2015
22181

IShID Tolibonga qarshi video chiqardi

IShID guruhi tarafdorlari tarqatgan yangi videolavhada “Tolibon” terrorchi harakati umumiy prinsiplardan voz kechishda ayblandi. Bu haqda Khaama agentligi xabar bermoqda.

Videoda namoyish etilgan shaxs o‘zini Abu Yosir al-Afg‘oniy deb tanishtirib, toliblarni Pokiston razvedkasi bilan hamkorlikda ayblagan. Bundan tashqari, IShID Tolibon a'zolari “noislomiy” masjidlarni vayron qilmayotganidan norozi ekanligi bayon qilingan. Qanday masjidlar terrorchilar tomonidan “noislomiy” deb topilgani tushuntirilmagan.

Oxirgi oylarda IShID Afg‘onistonda ham o‘z hududlariga ega bo‘la boshlagani haqida gap-so‘zlar tarqamoqda.

Top