14:55 / 08.12.2015
11905

Janubiy Koreya o‘z suvlariga kirgan kemaga qarata o‘t ochdi

Janubiy Koreya harbiylari Sariq dengizda Koreya Respublikasining hududiy chegaralariga kirgan noma'lum kemaga qarata ogohlantiruvchi o‘t ochdi, deya xabar bermoqda Ryonhap agentligi.

“Flot ogohlantirgandan so‘ng ogohlantiruvchi o‘t ochdi”, - deya agentlik mudofaa vazirligi vakilining so‘zlaridan iqtibos keltirdi.
Hodisa Pennendo oroli yaqinida bo‘lib o‘tdi. Ogohlantiruvchi o‘t Janubiy Koreya flotining patrul kemasi tomonidan ochildi.

Mudofaa vazirligi hodisa tafsilotlari, kemaning aynan qaysi davlatga ega ekani haqida hozircha ma'lum qilgani yo‘q. Taxminlarga ko‘ra, u Shimoliy Koreya yoki Xitoy baliqchi kemasi bo‘lishi mumkin.

Top