23:54 / 08.12.2015
3753

Kemeron Trampning AQShga musulmonlarni kiritmaslik to‘g‘risidagi fikrini “noto‘g‘ri” deb baholadi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Trampning musulmonlarni AQSh hududiga kiritmaslik haqidagi fikriga izoh berar ekan, bu g‘oyani “ziddiyatli, foydasiz va shunchaki noto‘g‘ri”, deb baholadi. Bu haqda OAV xabar bermoqda.

Bosh vazir vakilining ta'kidlashicha, Kemeron “Donaldning fikriga mutlaqo qo‘shilmaydi”. Ma'lum qilinishicha, odatda bosh vazir AQSh prezidenti nomzodlarining fikriga ko‘pa ham fikr bildiravermaydi.

Vakil bosh vazirning Tramp bilan uchrashishi va uni Buyuk Britaniyaga kelishini taqiqlashi to‘g‘risida berilgan savollarga javob bermagan.

Top