10:52 / 08.12.2015
4488

Lionel Messi Ronaldinoga o‘z imzosi tushirilgan futbolkasini taqdim etdi

“Barselona” hujumchisi Lionel Messi jamoa telekanalidagi ko‘rsatuvlardan birida o‘zining sobiq jamoadoshi Ronaldinoga imzosi tushirilgan futbolkasini taqdim etdi.

35 yoshli Ronaldinoga o‘zining Instagram sahifasida ushbu sovg‘a suratini joylashtirdi.

Ma'lumot uchun, Ronaldino 2003-2008 yillar orasida “Barselona” tarkibida to‘p surgan hamda Messining ilk goliga hammualliflik qilgan.

Top