18:12 / 08.12.2015
3203

Marhuma Friskening o‘g‘lini otasidan o‘g‘irlab ketmoqchi bo‘lishdi

Moskvada noma'lum shaxslar tomonidan marhuma xonanda Janna Friskening eri, teleboshlovchi Dmitriy Shepelevga hujum uyushtirildi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.

IIV matbuot xizmati rahbari Andrey Galiakberov taqdim etgan ma'lumotlarga qaraganda, kecha kechasi teleboshlovchi advokati bilan idoraga murojaat qilib, noma'lum shaxslar uni kaltaklagani va o‘g‘lini o‘g‘irlashga harakat qilganlarini aytgan.

Politsiya bo‘lib o‘tgan voqealar yuzasidan tekshiruv o‘tkazmoqda. Ishda jabrlanuvchilar sifatida Shepelev va uning o‘g‘li Platon ko‘rsatilgan.

Shepelev Janna Friskening oila a'zolari bilan xonandaning vafotidan buyon kelisha olmayotgani va ularga Platonni ko‘rsatishni istamayotgani ma'lum. Shu bois bu hujumni uyushtirishga Friskening otasi aloqador, degan taxminlar ilgari surilmoqda.

Top